Biz sizning e’tiboringizga APL 13-turidan o’rin olgan "Chelsi” va "Sautgemton” jamoalari o’rtasidagi o’yindan oldin prevyuni havola etmoqdamiz. Bu uchrashuv juda qiziq o’tishi kutilmoqda. Bu o’yinda kuchli beshtalik jamoalari "Stemford”da uchrashishadi. Rik Glenvil va Pol Dattonlar o’yinga tayyor ekanliklarini bildirishgan.
Faktlar
"Sautgemton” "mavsumning qora tulpori” degan sovriniga sazovor bo’lgan (to’g’risini aytsam bu unvonni tarjimasi shunaqa ekan). 2012/13 mavsumda bu sovrinni "VBA” jamoasiga nasib qilgan o’shanda "VBA” 4-o’rinda bo’lgan, lekin mavsumni 8-o’rinda yakunlagan.
Dam olish kunlaridan so’ng "Chelsi”ning 3 ta o’yini bor: "Sanderlend”, "Stuk Siti” bilan mehmonda, "Kristal Palas” bilan mehmonda. Mourinyo bu uchrashuvlarda 9 ochko olishni mo’ljallamoqda.
"Bo’ridan qo’rqqan o’rmonda yurmaydi” deb kim aytgan? "Bazel” bilan o’yindan so’ng har xil fikrlarga shubhalar paydo bo’la boshladi. Qanotdagilar ham Chexdek o’ynaganida balki hisob 0:0 bo’lib tugarmidi.
Lekin baxtga qarshi "Bazel”dan ikki marta mag’lub bo’ldik va lekin bu pley-offga chiqishimizga qarshilik qila olmadi."Shalke”dan va so’nggi raqib "Styaua”dan "minnatdormiz”.
Faqat biz Samuel Eto’Oni jarohat sababli yo’qotdik. U avval ham o’zini yomon his qilayotganini aytgan edi. Torres esa yana faqat mashg’ulotlar bilan cheklandi lekin Eto’Oning jarohati sabab 40-daqiqada maydonga tushdi.
APLning yangi favoriti "Arsenal” dam olish kunida Uelsda "Kardiff” mehmoni bo’ladi.
APL uchrashuvlari
Shanba «Aston Villa» - «Sandеrlеnd» 20:00
«Kardiff» - «Arsеnal» 20:00
«Evеrton» - «Stouk» 20:00
«Norvich» - «Kristal Palas» 20:00
«Vеst Xem» - «Fulxem» 20:00
«Nyukasl» - «VBA» 22:30 Sky Sports
Yakshanba
«Tottеnxem» - «MYu» 17:00 BT Sport
«Xall» - «Livеrpul» 19:05 Sky Sports
«Chеlsi» - «Sautgеmpton» 21:10 Sky Sports
"Man Siti” – "Suonsi” 21:10
Seshanba "Kristal Palas” – "Vest Hem” 01:00 BT Sport
"Chelsi” statistikasi
"Sautgem” 12 ta uchrashuvda kamroq (7 ta) gol o’tkazgan, "Chelsi” 10 ta.
"Chelsi” uyda "KPR” ustidan qozonilgan g’alabadab so’ng APLda 15 ta uy uchrashuvlarining 12 tasida g’alaba qozongan 3 tasida durang o’ynagan.
Biz "Norvich”, "Man Siti”, "VBA”lar bilan o’yinlarda so’nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga 5 ochko olganmiz
"Ko’klar” o’tgan mavsumdagi 12 ta o’yindan keying ochkolari hozirgidan 2 ochko ko’p bo’lgan.
Agar Terri o’yinga tushsa, bu 593-o’yini bo’ladi, u Jon Xollinsni ortda qoldiradi. Bu uning "Chelsi” safidagi 400-o’yini bo’ladi.
Chex 450-marta maydonga "ko’klar” safida tushadi. Keyingi o’yin esa uning uchun APLdagi 150 o’yin bo’ladi. Marko van Ginkelni 21 yoshi bilan tabriklaymiz(yakshanba) va shu qatorda Maykl Essienni ham 31 yoshi bilan qutlaymiz(3-dekabr).
"Sautgemton” statistikasi
1885-yil tashkil topgan Asosiy yutuqlari: Angliya kubogi 1976
O’tgan mavsum: APL 14-o’rin Angliya Kubogi 3-raund Liga Kubogi 4-raund
Eng yaxshi mavsum 1983/84 mavsum bo’lgan va ular APLda 2-o’rinni olganlar. "Liverpul” 1-o’rin.
Shu mavsumda mehmondagi 18 ta o’yindan 8 ochko jamg’arilgan 4 ta gol urilgan. Ular "VBA” va "Liverpul”ni yutishgan, "Myu” bilan durang o’ynashgan, "Stuk” va "Arsenal”dan mag’lub bo’lishgan.
"Arsenal”dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng 8 ta mag’lubiyatsiz seriyaga chek qo’yildi.
Ular 88-minutdan keying urilgan gollar hisobiga 4 ochko ishlagan.
APLda o’ynagan 6 ta o’yinlarida hisobni ochishgan.
Murabbiy – Maurisio Pochetino
Jamoada 317 kundan beri bor. O’yinlari: 31 G’alaba: 12 Durang: 11 Mag’lubiyat: 8
Maykl Oliver o’tgan mavsumda ham bu jamoalar o’yinini boshqarib borgan. Bu mavsumdagi u boshqargan "Chelsi”ning yagona o’yini sentabrda Liga Kubogida "Suindon”ga qarshi kechgan.
Boshqa ma’umotlar
Chetlatishlar yo’q. Ivanovichda bu mavsumda chetlatish uchun yana bitta sariq "yetishmaydi”